Endi har yili futbolni rivojlantirish uchun 25 mlrd so‘m ajratiladi — homiylar kim?

© Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Turkmaniston ustidan g‘alaba qozondi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
Futbolini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Uning mablag‘lari 10 ga yaqin manbalar hisobidan shakillanadi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi, unga har yili davlat budjetidan 25 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda 7-aprel kuni prezident imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari:
Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
“O‘zmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” AJ va “O‘zbekneftgaz” AJlarning homiylik mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi shu yildan boshlab har yili Jamg‘armani qo‘llab-quvvatlash uchun Davlat budjetidan 25 milliard so‘m yo‘naltiradi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar xarid qilish;
futbol mutaxassislarini ilg‘or o‘qitish metodikalari va innovatsiyalarga o‘rgatish tizimini yo‘lga qo‘yish xarajatlarini qoplash, shu jumladan, xorijdan jalb etilgan mutaxassislarni rag‘batlantirish;
zamonaviy futbol texnologiyalarini xarid qilish va joriy etish;
futbol bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning tajribasini xorijiy mamlakatlarda oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
alohida namuna ko‘rsatgan terma jamoalarni moddiy rag‘batlantirish, iqtidorli yoshlarni futbolga jalb etish, yangi futbolchilar avlodining ishonchli zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratini oshirishda chet el futbol klublari va federatsiyalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
yuqori mahoratli futbolchilar va sport zaxirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar o‘tkazishda ko‘maklashish.
Mavzuga oid:
Endi sportga homiylik qilganlarga xorijdagi turnirlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
FIFA Toshkent viloyatidagi Do‘stlik stadioni uchun 4,2 mln $ ajratdi.
Yangiliklar lentasi
0