Farg‘onada rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ta’lim marafoni o‘tkazildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishGlobus
Globus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
Marafonning birinchi kunida Farg‘ona viloyatining 50 dan ortiq umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Farg‘onada rossiyalik mutaxassislar ishtirokida ta’lim marafoni o‘tkazildi. Bu haqida Shimoliy (Arktika) Federal universiteti vakili Polina Golomidova Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Rossiyaning Lomonosov nomidagi Shimoliy (Arktika) Federal universiteti tomonidan "SAFUda kelajak kasblari va raqamli texnologiyalar" mavzusidagi hamkorlik ta’lim marafoni o‘tkazildi.
© SAFUObrazovatelniy marafon SAFU
Obrazovatelniy marafon SAFU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obrazovatelniy marafon SAFU
Tadbirda ishtirokchilar neyrotexnologiyalar, mobil dasturlar, landing page, robototexnika, veb dasturlar, taqdimotlarni effektiv sozlash sirlari kabi bir qancha amaliy bilimlarni o‘zlashtirishdi.
© SAFUObrazovatelniy marafon SAFU
Obrazovatelniy marafon SAFU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obrazovatelniy marafon SAFU
Marafonning birinchi kunida Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarining 50 dan ortiq o‘quvchilari mobil ilovalar ishlab chiqish va landing page yaratish bo‘yicha mahorat darslarida ishtirok etdi.
© SAFUObrazovatelniy marafon SAFU
Obrazovatelniy marafon SAFU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obrazovatelniy marafon SAFU
“Maktab o‘quvchilari zamonaviy mobil qurilmalarni ishlab chiqish vositalari bilan tanishib, o‘zbek tiliga o‘giradigan o‘zlarining mobil ilovalarini ishlab chiqishdi”, deydi Polina Golomidova.
Shuningdek, sahifali saytlarni tezkor yaratish uchun zamonaviy vositalar bilan tanishib, mustaqil ravishda birinchi sahifalarini yaratishdi.
Mavzuga oid:
Farg‘ona va Arxangelsk ta’lim sohasida hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tmoqda.
Farg‘ona va Arxangelsk ilmiy va ta’lim sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0