Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi

© SputnikTashkent
Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat Buxoro, Navoiy Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Bugun respublikaning qator hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati +30 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, bugun faqat Buxoro, Navoiy Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-10 daraja, kunduzi +22-24 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9-14 daraja, kunduzi +23-28 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +9-14 daraja, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5-10 daraja, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda (2000 metrdan balandda) qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 daraja, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0