https://oz.sputniknews.uz/20230407/sirdaryo-soha-loyiha-imtiyozlar-33660492.html
Sirdaryoda ayrim soha loyihalari uchun alohida imtiyozlar rejimi joriy etiladi
Sirdaryoda ayrim soha loyihalari uchun alohida imtiyozlar rejimi joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
2023-04-07T12:43+0500
2023-04-07T12:43+0500
2023-04-07T17:58+0500
siyosat
o‘zbekiston
sirdaryo
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/07/33660839_0:134:1280:854_1920x0_80_0_0_7b02ea22aff925a5f12ff1d48b774c50.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sirdaryoda ayrim sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun alohida imtiyozlar rejimi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etayotgan Sirdaryo xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.Birinchi tashabbusga ko‘ra, ilg‘or innovatsiyalar hududida biofarmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, ta’lim sohalarining 20 ta yo‘nalishidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi.Unga ko‘ra:Shuningdek, Sirdaryoda 500 million dollarlik investitsiya hisobiga O‘zbekiston-Xitoy biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi.Bu klasterda Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan birga quyidagilar tashkil qilinadi:Shuningdek, klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari, innovatsion vaksinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. 10 ming talaba uchun o‘quv binolari, zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi tashkil etiladi.
o‘zbekiston
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/07/33660839_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_3fc45496f01885b94c853ec37d13317d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sirdaryo shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston sirdaryo shavkat mirziyoyev
Sirdaryoda ayrim soha loyihalari uchun alohida imtiyozlar rejimi joriy etiladi
12:43 07.04.2023 (yangilandi: 17:58 07.04.2023) Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sirdaryoda ayrim sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar uchun alohida imtiyozlar rejimi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etayotgan Sirdaryo xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi
Sherzod Asadov. Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Birinchi tashabbusga ko‘ra, ilg‘or innovatsiyalar hududida biofarmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, ta’lim sohalarining 20 ta yo‘nalishidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi.
yer, mol-mulk, foyda va aylanma uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3-yilgacha ozod qilinadi;
yer uchastkalari soddalashgan tartibda ajratiladi, yer va binolarni sotib olishda 5-yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
foiz to‘lovlarini qoplab berish stavkasi 2 baravar oshiriladi.
Shuningdek, Sirdaryoda 500 million dollarlik investitsiya hisobiga O‘zbekiston-Xitoy biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi.
Bu klasterda Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan birga quyidagilar tashkil qilinadi:
Gulistonda xalqaro ta’lim va tadqiqot universiteti;
Innovatsion tibbiyot klinikasi;
Markaziy Osiyo genom markazi;
Onkologik kasalliklarni davolash uchun Hujayra terapiyasi markazi.
Shuningdek, klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari, innovatsion vaksinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. 10 ming talaba uchun o‘quv binolari, zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi tashkil etiladi.