Sirdaryo O‘zbekistonni 4 ta davlat bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi

© Depositphotos.com / Oleksiy MarkGruzovie vagoni
Gruzovie vagoni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga bog‘laydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sirdaryo mamlakatni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga oid ilgari surgan tashabbuslaridan biri.
Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga bog‘laydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.
Bulardan tashqari, yo‘llarni qurish, ta’mirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etildi.
Qayd etilishicha, qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.
Shu bois, beshinchi tashabbus doirasida Guliston shahri mamlakatning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.

Mavzuga oid:

Sirdaryoda ayrim soha loyihalari uchun alohida imtiyozlar rejimi joriy etiladi
Sirdaryoda agrologistika majmuasi quriladi
Yangiliklar lentasi
0