Rossiyalik mutaxassis xalqaro matematika olimpiadasi jamoasi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskie formuli
Matematicheskie formuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Ayni kunlarda nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Xalqaro matematika olimpiadasi jamoasi bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun xorijiy mutaxassis taklif qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Shu yilning Yaponiyaning Chibo shahrida 2-13 iyul kunlari 64-Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Ayni kunlarda nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Taklif etilgan xorijiy mutaxassis Grigoriy Chelnokov saralash bosqichi uchun boshqa olimpiadalarda foydalanilmagan yangi topshiriqlar tuzish hamda o‘quvchilar bilan kuchaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
© Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Xalqaro matematika olimpiadasi
Xalqaro matematika olimpiadasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Xalqaro matematika olimpiadasi
Grigoriy Chelnokov matematika fanlari nomzodi, Moskva Iqtisodiyot Oliy maktabi Matematika fakulteti o‘qituvchisi. U 2000-yildan buyon turli mamlakatlarning terma jamoalarini xalqaro matematika olimpiadasiga tayyorlab kelmoqda.
Xalqaro Jautikov olimpiadasi, Shaharlar turniri, Umumrossiya matematika olimpiadasi kabi olimpiadalarda hakamlar hay’ati tarkibida faoliyat olib boradi. U kombinatorika, sonlar nazariyasi, geometriyaga oid qator masalalar muallifi.
Yangiliklar lentasi
0