Meni hech kim bilan adashtirmadingizmi — Lavrov Turkiya saylovlariga Rossiya munosabati haqida

© Sputnik / Valeriy Sharifulin / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Tursiyu
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Tursiyu  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar esa saylovlar bilan bog‘liq yoki hech qanday saylovlarsiz, turli mamlakatlarga nima qilishlari kerakligini baland ovozda aytib turadi - Rossiya TIV rahbari.
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Rossiya Turkiyadagi prezidentlik va parlament saylovlariga aralashmaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiyaga amalga oshirilayotgan tashrifi davomida. RIA Novosti xabariga asosan.
Anqarada o‘tkazilgan brifingda jurnalistlar undan saylovlarning borishini qanday baholashi va Rossiya Turkiyada qaysi siyosiy kuchni qo‘llab-quvvatlashini so‘rashdi.

"Meni hech kim bilan adashtirmadingizmi?" – AQSh va uning vakillarining o‘zgalarning saylovlariga, siyosiy jarayonlarga aralashish odatiga ishora qilib, hazil bilan javob qaytardi Lavrov.

"Rossiya Federatsiyasi hech qachon ichki ishlarga aralashmaydi, hatto saylov kampaniyasi arafasida ma’lum bir mamlakatda bo‘ladigan munozaralarga ham aralashmaydi. Biz har doim demokratik tartib-qoidalarni amalga oshiruvchi mamlakatlar qonunchiligini hurmat qilamiz... Bu har bir davlatning suveren ishi, jumladan, Turkiya Respublikasi kabi rivojlangan demokratik davlatning ham”, - dedi Lavrov.
"Qo‘shma Shtatlar, o‘z navbatida, "baland ovozda saylovlar bilan bog‘liq yoki hech qanday saylovlarsiz, turli mamlakatlarga nima qilishlari kerakligini aytadi", - deya qo‘shimcha qildi Rossiya TIV rahbari.
Ma’lumot uchun, Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14-mayga belgilangan. Amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdog‘anning asosiy raqibi – “Respublika ittifoqi”dan yagona nomzod – muxolifatdagi “Xalq ittifoqi” partiyasidan yagona nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li. Saylovda "Memleket" partiyasi rahbari Muharrem Inje va Ata ittifoqi nomzodi Sinan Ogan ham ishtirok etmoqda.
Saylovoldi jamoat fikri tadqiqoti natijalariga ko‘ra, Erdog‘an va Qilichdaro‘g‘li o‘rtasidagi kurash - asosiy masala bo‘ladi. Ekspertlarning ta’kidlashicha, Turkiyada yaqinda bo‘lib o‘tgan ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgan vayronkor zilzila - hukmron partiyaning imkoniyatlarini biroz cheklaydi.
Yangiliklar lentasi
0