O‘zbekiston-Xitoy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi

© unsplash.com/Carlos MuzaGrafik na ekrane kompyutera.
Grafik na ekrane kompyutera. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Sirdaryo viloyatining 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Unga 1 milliard dollar sarmoya olib kelinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, viloyatdagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu jamg‘arma Xitoyning nufuzli Ipak yo‘li fondi va boshqa moliyaviy tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi.
Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusning ikkinchisiga ko‘ra, viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi.
Ularda:
elektrotexnika, biofarmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshiriladi;
erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi;
ishlab chiqarish binolari namunaviy loyihalar asosida qurilib, tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” orqali tayyor holda beriladi;
joriy yilda texnopark infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0