Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 7-aprelning asosiy xabarlari

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishRabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO
Rabota armeyskoy aviatsii v zone provedeniya SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka va Kislovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 30 nafargacha harbiy xizmatchilari, ikkita avtomobili va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Terniy aholi punkti hududida dushmanning 50 dan ortiq harbiy xizmatchilari ikkita zirhli jangovar mashinasi, bitta pikapi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishi bo‘yicha "Janub" qo‘shinlar guruhi faol harakatlari natijasida UQKning 260 ga yaqin harbiy xizmatchilari, uchta tanki, bitta BMPsi, uchta zirhli jangovar mashinasi, sakkizta avtomashinasi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi MSTA-B va D-20 gaubitsalarini yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Novomixaylovka va Ugledar aholi punktlari hududlarida UQKning 20 nafar harbiy xizmatchilari, ikkita pikapi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida bir kunda 14 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomobil, ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va bitta "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 102 ta pozitsiyada joylashgan 86 ta artilleriya bo‘linmalarini mag‘lub etdi.
Xerson viloyati, Novoberislav aholi punkti hududida 126-hududiy mudofaa brigadasi qo‘mondonlik va kuzatuv punktiga zarba berildi.
DXRning Ivanovka va LXRning Novolyubovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida HIMARS (AQSh) reaktiv tizimining ikkita raketasini tutib oldi.
DXRning Olginka, Privolnoe, LXRning Karmazinovka, Novokrasnyanka va Zaporojye viloyatining Removka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 11ta uchuvchisiz apparati yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangan kunidan buyon Ukraina jami 406 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3695 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa kompleksi, 8563 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1078 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4525 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9334 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0