https://oz.sputniknews.uz/20230407/davolab-bolmaydigan-ahmoq-tramp-baydenni-keskin-tanqid-qildi-33645953.html
"Davolab bo‘lmaydigan ahmoq": Tramp Baydenni keskin tanqid qildi
"Davolab bo‘lmaydigan ahmoq": Tramp Baydenni keskin tanqid qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp Baydenni ahmoq deb atadi va uni Afg‘onistonni tark etish vaqtidagi yo‘qotishlari uchun tanqid qildi.
2023-04-07T10:09+0500
2023-04-07T10:09+0500
2023-04-07T16:24+0500
dunyoda
donald tramp
aqsh
jo bayden
aqsh prezidenti
afg‘oniston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/16/24139260_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_1657d60504139879c15a43d5df6f45e4.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining vorisi - demokrat Jo Baydenni 2021-yilda AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda olib chiqilishi uchun javobgarlikni boshqalarga yuklashga urinayotganlikda aybladi, siyosatchining o‘zi buni “qobiliyatsiz taslim bo‘lish” deb ta’rifladi.Oq uyning sobiq rahbari AQShning amaldagi prezidentini Afg‘onistondan tinch aholini emas, harbiylarni birinchi bo‘lib evakuatsiya qilishga buyruq berganlikda, “85 mlrd $”lik qurol va harbiy texnikaning "Tolibon"* qo‘liga o‘tishi hamda amerikalik askarlarining o‘ldirilishiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi.Trampning bayonoti Oq uyning Afg‘oniston bo‘yicha hisoboti e’lon qilinganiga to‘g‘ri keldi, shundan kelib chiqadiki, AQShning 45-prezidenti administratsiyasi Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqmagan va yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun aybdor.Oq uy ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlarining afg‘on hududidan olib chiqilishi muqarrar hodisa bo‘lgan, chunki ularning mamlakatda bo‘lishini uzaytirish bu davlatdagi vaziyatni tubdan o‘zgartira olmas edi.* Terrorchilik faoliyati uchun BMTning sanksiyalari ostida
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/16/24139260_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_9b44f3556cc66466bf1b365a6b86fc4d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tramp bayden afg‘oniston axmoq haqorat qildi
tramp bayden afg‘oniston axmoq haqorat qildi
"Davolab bo‘lmaydigan ahmoq": Tramp Baydenni keskin tanqid qildi
10:09 07.04.2023 (yangilandi: 16:24 07.04.2023) Tramp Baydenni ahmoq deb atadi va uni Afg‘onistonni tark etish vaqtidagi yo‘qotishlari uchun tanqid qildi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zining vorisi - demokrat Jo Baydenni 2021-yilda AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan shoshilinch ravishda olib chiqilishi uchun javobgarlikni boshqalarga yuklashga urinayotganlikda aybladi, siyosatchining o‘zi buni “qobiliyatsiz taslim bo‘lish” deb ta’rifladi.
"Oq uydagi eng katta ahmoq, davolab bo‘lmaydigan Jo Bayden boshchiligidagi mamlakatimizni tizimli ravishda vayron qilayotgan bu ahmoqlarda Afg‘onistonni o‘ta qobiliyatsiz ravishda topshirishda Trampni ayblash degan yangi dezinformatsiya o‘yini paydo bo‘ldi. Men bu falokatning rivojini boshqalar bilan bir qatorda kuzatdim", - deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Oq uyning sobiq rahbari AQShning amaldagi prezidentini Afg‘onistondan tinch aholini emas, harbiylarni birinchi bo‘lib evakuatsiya qilishga buyruq berganlikda, “85 mlrd $”lik qurol va harbiy texnikaning "Tolibon"* qo‘liga o‘tishi hamda amerikalik askarlarining o‘ldirilishiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi.
"Buning uchun faqat Bayden aybdor, boshqa hech kim!" – dedi Tramp.
Trampning bayonoti Oq uyning Afg‘oniston bo‘yicha hisoboti e’lon qilinganiga to‘g‘ri keldi, shundan kelib chiqadiki, AQShning 45-prezidenti administratsiyasi Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqmagan va yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun aybdor.
Oq uy ta’kidlashicha, AQSh qo‘shinlarining afg‘on hududidan olib chiqilishi muqarrar hodisa bo‘lgan, chunki ularning mamlakatda bo‘lishini uzaytirish bu davlatdagi vaziyatni tubdan o‘zgartira olmas edi.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMTning sanksiyalari ostida