https://oz.sputniknews.uz/20230406/sirdaryoda-agrologistika-majmuasi-quriladi-33609343.html
Sirdaryoda agrologistika majmuasi quriladi
Sirdaryoda agrologistika majmuasi quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy tomoni Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasini qurish loyihasiga katta qiziqish bildirgan.
2023-04-06T10:08+0500
2023-04-06T10:08+0500
2023-04-06T11:56+0500
sirdaryo
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33609181_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_dced56f3ee8b084c73940b9fd5b13222.png
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasi quriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, 5-aprel kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yang Jiansan bilan videokonferensaloqa tarzida muloqot o‘tkazgan. Unda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etgan.Muloqotda O‘zbekiston tomoni Sirdaryo viloyatining qulay geografik joylashuvi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, Xitoy tomoni Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasini qurish loyihasiga katta qiziqish bildirgan.Tomonlar yaqin kunlar ichida Xitoy kompaniyasi ishchi guruhining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda loyihani joyida o‘rganish masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/06/33609181_420:0:1860:1080_1920x0_80_0_0_b0b96cebe8a9a13baf063430d3526920.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy o‘zbekiston sirdaryo
xitoy o‘zbekiston sirdaryo
Sirdaryoda agrologistika majmuasi quriladi
10:08 06.04.2023 (yangilandi: 11:56 06.04.2023) Xitoy tomoni Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasini qurish loyihasiga katta qiziqish bildirgan.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasi quriladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, 5-aprel kuni qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Xitoyning “CITIC Construction” kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Yang Jiansan bilan videokonferensaloqa tarzida muloqot o‘tkazgan. Unda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Farhod Arziyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etgan.
Muloqotda O‘zbekiston tomoni Sirdaryo viloyatining qulay geografik joylashuvi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida ma’lumot bergan. Shuningdek, Xitoy tomoni Sirdaryo viloyatida agrologistika majmuasini qurish loyihasiga katta qiziqish bildirgan.
Uchrashuvda Sirdaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, ularni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirishni o‘z ichiga olgan agrologistika majmuasini barpo etish uchun investitsiya kiritish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishilgan.
Tomonlar yaqin kunlar ichida Xitoy kompaniyasi ishchi guruhining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda loyihani joyida o‘rganish masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.