https://oz.sputniknews.uz/20230406/shubhali-operatsiyalar-33611931.html
Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilishi yuzasidan tushuntirish berdi
Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilishi yuzasidan tushuntirish berdi
Sputnik O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirgani va endi bir oy davomida 165 million so‘mdan ortiq bo‘lgan karta operatsiyalari shubhali deb topilishi xabar qilingan edi.
2023-04-06T11:36+0500
2023-04-06T11:36+0500
2023-04-06T11:36+0500
iqtisod
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766515_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4fb22185fdd909b80783db49e5fd001e.jpg
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilishi yuzasidan tushuntirish berdi.Ma’lum qilinishicha, ichki nazorat qoidalarining 49-bandiga kiritilgan dastlabki 2 ta xatboshisida keltirilgan mezonlar jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kartadan kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladigan noqonuniy operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan.Bunday operatsiyalar turiga noqonuniy qimor va garov o‘yinlari bo‘yicha operatsiyalar, firibgarlik holatlari va boshqalar kiradi. Bugungi kunda mazkur turdagi operatsiyalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday noqonuniy operatsiyalar quyidagi yo‘llar bilan:- bir jismoniy shaxs tomonidan turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalari yordamida yirik miqdordagi pul mablag‘larini bo‘lib-bo‘lib o‘tkazish orqali;- pul mablag‘larini konversiya qilish yoki naqdlashtirish maqsadida turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalaridan mablag‘larni bitta kartaga o‘tkazish;- bitta jismoniy shaxs kartasidan boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalariga yoki elektron hamonlariga ma’lum vaqt ichida ko‘p miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazilishi va aksincha, bitta jismoniy shaxs kartasiga boshqa shaxslarning bank kartalaridan yoki elektron hamonlaridan pul mablag‘larini kelib tushishi orqali amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.MB amaldagi qonunchilik hujjatlariga yangi kiritilgan o‘zgartirishlarda yuqorida ta’kidlangan operatsiyalarni aniqlash uchun operatsiyalarni amalga oshirilishi davriyligi va miqdoriga tegishli mezonlar kiritilganini qayd etgan.Ya’ni shubhali operatsiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinmaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilmaydi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirgani va endi bir oy davomida 165 million so‘mdan ortiq bo‘lgan karta operatsiyalari shubhali deb topilishi xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766515_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_ac489f0fe26e2338247e0618b566ea91.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxat
markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxat
Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilishi yuzasidan tushuntirish berdi
Regulyator shubhali operatsiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinmaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilmasligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilishi yuzasidan tushuntirish berdi.
Ma’lum qilinishicha, ichki nazorat qoidalarining 49-bandiga kiritilgan dastlabki 2 ta xatboshisida keltirilgan mezonlar jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kartadan kartaga pul o‘tkazmalari orqali amalga oshiriladigan noqonuniy operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan.
Bunday operatsiyalar turiga noqonuniy qimor va garov o‘yinlari bo‘yicha operatsiyalar, firibgarlik holatlari va boshqalar kiradi. Bugungi kunda mazkur turdagi operatsiyalarning tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bunday noqonuniy operatsiyalar quyidagi yo‘llar bilan:
- bir jismoniy shaxs tomonidan turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalari yordamida yirik miqdordagi pul mablag‘larini bo‘lib-bo‘lib o‘tkazish orqali;
- pul mablag‘larini konversiya qilish yoki naqdlashtirish maqsadida turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalaridan mablag‘larni bitta kartaga o‘tkazish;
- bitta jismoniy shaxs kartasidan boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalariga yoki elektron hamonlariga ma’lum vaqt ichida ko‘p miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazilishi va aksincha, bitta jismoniy shaxs kartasiga boshqa shaxslarning bank kartalaridan yoki elektron hamonlaridan pul mablag‘larini kelib tushishi orqali amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.
MB amaldagi qonunchilik hujjatlariga yangi kiritilgan o‘zgartirishlarda yuqorida ta’kidlangan operatsiyalarni aniqlash uchun operatsiyalarni amalga oshirilishi davriyligi va miqdoriga tegishli mezonlar kiritilganini qayd etgan.
“Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ushbu yangi qoidalar jismoniy shaxslarning omonatlarini elektron hamonlariga yoki bank kartalariga qaytarilishi, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar, xususan, ipoteka krediti yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi”, - deyilgan
xabarda.Ya’ni shubhali operatsiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinmaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxatini kengaytirgani va endi bir oy davomida 165 million so‘mdan ortiq bo‘lgan karta operatsiyalari shubhali deb topilishi
xabar qilingan edi.