Trampga tahdid soladigan maksimal jazo ma’lum qilindi

© AFP 2023 / Steven Hirsch/PoolDonald Tramp na zasedanii suda v Nyu-Yorke
Donald Tramp na zasedanii suda v Nyu-Yorke  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
OAV: Ayblovlar bo‘yicha Tramp 136-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qo‘yilgan ayblovlar bo‘yicha u 136-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti “Fox News”ga tayanib xabar berdi.

“Ayblovlar eng ko‘p 136-yil qamoq jazosini o‘z ichiga oladi, ammo amaldagi jazo siyosatchi ayblovlarning birortasi yoki barchasi bo‘yicha sudlanganidan ko‘ra ancha yengilroq bo‘lishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sobiq prezident ayblanayotgan ish hujjatlarini qalbakilashtirish Nyu-York qonunchiligiga ko‘ra noto‘g‘ri jinoyat hisoblanadi. Lekin boshqa jinoyatni yashirishga urinilgan taqdirda eng ko‘p to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilish bilan jinoyat darajasiga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp rasmiy jihatdan hibsga olingan edi. Amerika qonunchiligida hibsga olish katta hakam qarori natijisida ayblov qo‘yishning majburiy qismi sanaladi. Hibsga olish qamoqqa joylashtirishni anglatmaydi. Ayblanuvchi faqat ayblov e’lon qilinayotgan paytda hibsda bo‘ladi.
Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2023
Nyu York prokuraturasi Trampni iqtisodiy firibgarlikda aybladi - OAV
Yangiliklar lentasi
0