“AQSh jahannam sari ketapti”: ayblov e’lon qilingan Tramp nimalar dedi

© AP Photo / Rebecca BlackwellDonald Tramp vistupayet v svoyem pomestye Mar-a-Lago cherez neskolko chasov posle predyavleniya obvineniya v Nyu-Yorke, vtornik, 4-aprelya 2023 goda.
Donald Tramp vistupayet v svoyem pomestye Mar-a-Lago cherez neskolko chasov posle predyavleniya obvineniya v Nyu-Yorke, vtornik, 4-aprelya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 4-aprel kuni sudga olib ketilishidan oldin hibsga olindi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp unga rasmay ayblov e’lon qilingandan keyin Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohidan murojaat bilan chiqdi, deb yozadi RIA Novosti.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShda hozir ilgari hech qachon kuzatilmagan saylovlarga keng ko‘lamdagi aralashish ro‘y bermoqda.
“Men hech qachon Amerikada bunga o‘xshash biror narsa ro‘y beradi deb o‘ylamagandim. Yagona sodir etgan jinoyatim mamlakatimizni yo‘q qilishga intilayotganlardan uni dadil himoya qilish edi”, - deydi Tramp.
Sobiq davlat rahbari amaldagi prezident Jo Bayden ma’muriyati AQShni jahannam sari yetaklayapti deb hisoblaydi.
“Ular (2020 yildagi prezident saylovi natijalari – tahr.) bizning foydamizga bo‘lishi mumkin edi. Mening emas, bizning foydamizga – chunki mamlakatimiz jahannam sari ketapti”, - dedi Tramp.
Siyosatchining fikricha, Jo Baydenning prezidentlik davrida uchinchi jahon urushi boshlanishi mumkin.
“Mamlakatlarning yadro qurolidan foydalanish to‘g‘risidagi ochiqchasiga tahdidlari, bunaqasi ilgari bo‘lmagan va Tramp ma’muriyati davrida boshqa mamlakatlar bilan muhokama qilinmagan, Bayden ma’muriyati davrida esa bu bemalol uchinchi jahon yadroviy urushiga olib kelishi mumkin... Biz bundan unchalik uzoq emasmiz, bunga ishonasizmi yoki yo‘q”, - deb hisoblaydi Oq uyning sobiq rahbari.
Bundan tashqari, Tramp AQSh tarixidagi eng sharmandali holatni aytdi va bu AQSh harbiylarining Afg‘onistondan olib chiqilishi.
“Fikrimcha, bu mamlakatimiz tarixidagi eng sharmandali holat”, - deya ta’kidladi u.
4 aprel kuni Trampga “Trump Organization” kompaniyasi moliyaviy hisobotini soxtalashtirishning 34 ta bandi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Sobiq prezident ayblovlarni rad etmoqda. Uning advokati ayblovlar faktlarga asoslanmaganini aytmoqda.
Manxetten prokurorining so‘zlariga ko‘ra, Tramp va uning sheriklari 2015-yilda AQSh prezidenti saylovi oldidan salbiy axborotlarni yo‘q qilish sxemasi borasida kelishib olishgan. Buning doirasida uch kishiga uning saylovda g‘alaba qozonishiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar haqida sukut saqlashlari uchun pul to‘lashgan. Jumladan, pornoaktrisa Stormi Denielsga Tramp bilan aloqa bo‘lganini oshkor qilmaslik uchun pul berishgan. Buni yashirish uchun esa hisobotlarni soxtalashtirishgani gumon qilinmoqda.

Mavzuga oid:

Trampga tahdid soladigan maksimal jazo ma’lum qilindi
OAV: Donald Trampni unga ayblov qo‘yilgunga qadar hibsga olishdi
Nyu-York prokuraturasi Trampni iqtisodiy firibgarlikda aybladi - OAV
Yangiliklar lentasi
0