Senatning 39-yalpi majlisida qaysi qonunlar muhokama qilinadi

© Oliy Majlis SenatiNikohni qayd etishdagi muddatlar o‘zgarishsiz qoldi
Nikohni qayd etishdagi muddatlar o‘zgarishsiz qoldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Oliy Majlis Senatining o‘ttiz to‘qqizinchi yalpi majlisi 6-aprel kuni chaqiriladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yalpi majlisda bir qator qonunlar va masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Kun tartibiga kiritilgan qonunlar:
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi;
“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi;
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek:
“Jinoyat kodeksga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni o‘tashni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi;
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, senatorlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini, Tashqi ishlar vazirligining 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitadi.
Yangiliklar lentasi
0