O‘zbekiston MDHda MSK rahbarlari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

© Sputnik / Vladislav Vodnev / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnikov SNG, arxivnoe foto
Flagi stran-uchastnikov SNG, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan MDH mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 4-aprel kuni imzolangan tegishli qarori bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari saylov organlari rahbarlarining maslahat kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Bitim MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining 2022-yil 14-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida imzolangan.
Hujjatga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Hujjatda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichidagi tartiblarning respublika tomonidan bajarilishi to‘g‘risida MDH organlariga tegishli bildirishnoma yuborish topshirilgan.
Yangiliklar lentasi
0