Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 5-aprelning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMorskie pexotinsi Severnogo flota sovershenstvuyut boyevie naviki v zone SVO
Morskie pexotinsi Severnogo flota sovershenstvuyut boyevie naviki v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhining Xarkov viloyatining Granikovka, LXRning Timkovka va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida 40 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Novoselovskoe, Rozovka, Lugansk Xalq Respublikasining Artemovka, Masutovka va Pershotravneve aholi punktlari hududlarida Ukrainaning beshta diversion-razvedka guruhining harakatlari to‘xtatildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhining Donetsk Xalq Respublikasining Seversk aholi punkti hududia UQK bo‘linmalarining qarshi hujumini to‘xtatdi. Lugansk Xalq Respublikasining Nevskoe va Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida joylashgan UQKga zarba berildi. Natijada 80 dan ortiq ukrainalik harbiylar, zirhli jangovar mashina, ikkita mashina va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi faol harakatlari natijasida UQKning ikkita BTRi, bitta tank, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi, D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi. Ushbu yo‘nalishda kuniga dushman ishchi kuchini yo‘qotish 410 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar va yollanma askarlarni tashkil etdi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhi Donesk Xalq Respublikasining Nikolskoe va Novopol aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi. Undan tashqari DXRning Vladimirovka, Mirnoe va Nikolskoe aholi punktlari hududlarida uchta qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
DXRning Novomixaylovka aholi punktlari va Zaporojye viloyati Gulyaipole tumanlaridagi Ukraina Qurolli kuchlarining 30 tagacha harbiy xizmatchisi, bitta zirhli avtomobili, ikkita pikapi, shuningdek, ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida 20 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina va "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yong‘inga qarshi hujum paytida yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi o‘tgan kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 112 ta o‘q otish pozitsiyalarida joylashgan 89 ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Lastochkino va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 110-mexanizatsiyalashgan va 95-havo-desant brigadalari batalonlarining qo‘mondonlik va kuzatuv punktlariga zarba berildi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Donesk Xalq Respublikasining Selidovo qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 13 ta HIMARS (AQSh) reaktiv tizimi snaradlari HARM antiradar tizimi raketasini tutib oldi.
Shuningdek, DXRning Novoselovka, Petrovskoe, Vesele, Zaporoje viloyatining Mirnoe, Sherbaki, Chubarevka, Xerson viloyatining Velika Lepetixa, Xarkov viloyatining Velikiy Viselok, Lugansk Xalq Respublikasining Kremennaya, Varvarovka va Kudrashovka aholi punktlari hududlarida UQKning 22 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Umumiy hisobda, maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina 406 ta samolyot, 228 ta vertolot, 3 673 ta uchuvchisiz uchish apparati, 415 ta zenit-raketa majmuasi, 8 545 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 078 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4504 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9302 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0