Poytaxtning 3 tumanida gaz 1 sutkaga o‘chiriladi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” MFY hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Ta’mirlash ishlari sababli 4-aprel soat 08:00 dan 5-aprel soat 08:00 ga qadar Toshkentning Sergeli, Yangihayot va Chilonzor tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa” MFY hududidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu tufayli, 4-aprel soat 08:00 dan 5-aprel soat 08:00 ga qadar:
Sergeli tumani aholi iste’molchilari: “Sohibqiron”, “Saxovat”, “Yangi Sergeli”, “Qipchoq”, “Ezgulik”, “Nurhayot”, “Madadkor”, “Ittifoq”, “Ziynat”, “Nilufar”, “Mehrigiyo”, “O‘zgarish”, “Habibiy”, “Bunyodobod”, “Yangi Bunyodobod” MFYlarida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 21 566 ta aholi xonadonlarida hamda “Junariq”, “Nog‘ay qo‘rg‘on”, “Yuqori darxon”, “Qubaytepa”, “Qutbaraka”, “So‘g‘diyona”, “Sofdil”, “Daryo bo‘yi” MFYlaridagi jami 7 634 ta uy xo‘jaligida;
Sergeli tumani ulgurji iste’molchilari: 85 ta sanoat korxonasi, 11 ta maktab, 4 ta MTM, 41 ta umumiy ovqatlanish obyekti, 68 ta nonvoyxona va 184 ta kommunal-maishiy korxona – jami 393 ta ulgurji iste’molchida;
Yangihayot tumani aholi va ulgurji iste’molchilari: “Fayzli”, “Choshtepa”, “Yangi Choshtepa”, “Yangi Darxon”, “Tashabbus”, “Yangi umid”, “Yangi turmush”, “Humo”, “Yangi Hayot”, “Oriyat”, “Gulshanobod”, “Marhamat”, “Ibrat”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charog‘on”, “Chorbog‘”, “Viqor”, “Al-Farg‘oniy”, “Do‘stlik”, “Iqbol”, “Yo‘ldosh”, “Toshkent”, “Chortoq” MFYlardagi jami 5 251 ta uy xo‘jaligida va ko‘p qavatli uylardagi jami 29 835 ta aholi xonadoni hamda 316 ta ulgurji iste’molchida;
Chilonzor tumani aholi va ulgurji iste’molchilari: “Beshqo‘rg‘on”, “Tirsakobod”, “Xayriobod”, “Xon to‘pi”, “Bek to‘pi”, “2-Qatortol”, “Mevazor”, “Yakkabog‘" MFYlardagi jami 6 000 ta uy xo‘jaligida hamda 47 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Shuningdek, yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0