Bugun barcha hududlarda yomg‘ir va do‘l yog‘adi — O‘zgidromet

Rosa na trave.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikaning qator hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Bugun respublikaning barcha viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va do‘l yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-12 daraja, kunduzi +18-20 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +12-17 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +15-20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9-14 daraja, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +9-14 daraja, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10-15 daraja, kunduzi +18-23 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5-10 daraja iliq, kunduzi +9-14 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0