Poytaxt hokimligi ko‘chalarni suv bosishining sababini ma’lum qildi

© Toshkent shahar hokimligiPoytaxt hokimligi ko‘chalarni suv bosishining sababini ma’lum qildi
Poytaxt hokimligi ko‘chalarni suv bosishining sababini ma’lum qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.
TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Toshkent shahridagi lotoklarning o‘rtacha diametri 300 mmga teng. Ular yog‘ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2-aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meyorning, ya’ni 60 mmning uchdan bir qismiga teng.
“Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu holatni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb qilindi. 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.
Yangiliklar lentasi
0