O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta medal bilan yakunladi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiO‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta medal bilan yakunladi
O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta medal bilan yakunladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2023
Obuna bo‘lish
Musobaqadan so‘ng ishtirokchi davlatlar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashishadi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Dzudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta bronza medali bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Og‘ir vazn toifasida bahs olib borgan o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurashni erta tark etishdi. 52 kilogrammgacha vazn toifasida Sita Qadamboyeva qo‘lga kiritgan bronza medali terma jamoa uchun yagona bo‘lib qoldi.
Musobaqadan so‘ng ishtirokchi davlatlar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashishadi. O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur yig‘inda ishtirok etib, jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Yangiliklar lentasi
0