“Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi

© Transport vazirligi“Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi
“Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2023
Obuna bo‘lish
Natijada “Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida qatnash uchun yangi avtobuslar olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, “All Comfort” MChJ tomonidan Xitoyda ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 10 ta yangi avtobuslar olib kelingan.
“Mazkur avtobuslardan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida 701-sonli “Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilishi rejalashtirilgan”, - deyiladi xabarda.
Natijada “Buxoro-Toshkent-Buxoro” yo‘nalishida kuniga qo‘shimcha 550 ta yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0