Bolalar tanlagan qutichadan doim pul chiqadi — Yakubovich "Pole chudes" sirlarini ochdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLeonid Yakubovich
Leonid Yakubovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Obuna bo‘lish
Leonid Yakubovich: Ko‘rsatuvning hech qanday ssenariysi yo‘q. Men kiyadigan smokingga 18-yil bo‘ldi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. "Pole chudes" ("Mo‘’jizalar maydonchasi") dasturi 33-yildan beri suratga olinadi. Ko‘rsatuv boshlovchisi Leonid Yakubovichning so‘zlariga ko‘ra, xech narsa oldindan yozilmaydi, lekin bolalar tanlaydigan qutichadan doim pul chiqadi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Ko‘rsatuv boshlovchisi Leonid Yakubovichning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatuvning hech qanday ssenariysi yo‘q.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLeonid Yakubovich
Leonid Yakubovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Leonid Yakubovich

“Ishtirokchilarni ko‘rsatuv boshlanishidan besh daqiqa oldin ko‘raman va bitta savol bilan murojaat etaman: ular nima haqida gapirishni xohlashmaydi. Kimdir oila yoki ish mavzusini ochishga tayyor emas. Men buni yodda saqlab qolaman va biz kadrga kiramiz”, deydi Yakubovich.

Uning aytishicha, eng qiyini bu odamlarning ko‘ngilini olish. Hech narsa oldindan yozilmagan. Ammo, masalan, agar bolalar qutichani tanlashsa, shunday qilinadiki ularga pul chiqadi. Chunki ular uchun bu taassurot bo‘ladi.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLeonid Yakubovich
Leonid Yakubovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Leonid Yakubovich
Qora qutidagi sovrinlar dastur uchun ajratilgan smeta bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan joylashtiriladi. Mashinaning kalitlari esa ochiq joylanadi - ularni almashtirishning iloji yo‘q.
© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishLeonid Yakubovich
Leonid Yakubovich - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2023
Leonid Yakubovich
“Men kiyadigan smokingga 18-yil bo‘ldi. 8-mart va yangi yil kechasida kiyadigan oq kostumim ham bor”, deya qo‘shimcha qildi boshlovchi.
Ko‘rsatuv uchun chiptalar sotilmaydi. Ular bepul taklifnoma sifatida beriladi. Dastur uchun 140 ta ikki tomonlama chipta chop etiladi.
Qayd etilishicha, jamoa sakkiz kishidan iborat bo‘lib, ikkita xona va suratga olish maydonini egallaydi.
Yangiliklar lentasi
0