“Mehrli maktab“ filiallari tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2023
Obuna bo‘lish
Maktab filiallari 2023-2028 yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. “Mehrli maktab“ filiallari tashkil etiladi. Bu haqda Hukumatning 134-sonli qarorida nazarda tutilgan.
Qaror bilan “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasining filiallari tashkil etildi. Unga ko‘ra, maktab filiallari 2023-2028 yillarda bosqichma-bosqich, biroq har yili kamida 3 ta hududda tashkil etiladi.
Filiallar gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida ish boshlaydi.
Filiallarning asosiy maqsadi davolanishda bo‘lgan bolalarning hayotga ijtimoiy moslashuvini, ularning maktabgacha ta’lim hamda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida ta’limni davom ettirishga tayyorligini ta’minlashdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Hukumatning 234-sonli qarori bilan “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasi tashkil etilgandi. “Mehrli maktab”- Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida tashkil etilgan ta’lim muassasasi bo‘lib, unda Markazga davolanish maqsadida kelgan bolalar uchun bog‘cha va maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid:

“Mehrli maktab” Rossiyaning “Uchim Znayem” maktabi bilan hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0