Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mojarosida 50 taga yaqin davlat Kiyev tomonida ishtirok etmoqda – Patrushev

© AFP 2023 / YURIY DYACHYSHYNInostrannie nayemniki vo Lvove, Ukraina
Inostrannie nayemniki vo Lvove, Ukraina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
“Ramshtayn” deb ataluvchi koalitsiya tarkibiga kiruvchi 50 ga yaqin davlat mojaroda ishtirok etmoqda, dedi Patrushev.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. “Ramshtayn” deb ataluvchi koalitsiya tarkibiga kiruvchi 50 taga yaqin davlat qurolli mojaroda Ukraina tomonida qatnashmoqda, deydi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev.

“NATO davlatlari hududida ukrainalik harbiy xizmatchilar faol tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda. “Ramshtayn” deb ataluvchi koalitsiya tarkibiga kiruvchi 50 taga yaqin davlat Kiyev rejimi tomonida qurolli mojaroda ishtirok etmoqda”, - dedi u Hindistondagi ShHTga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining yig‘ilishida.

Patrushevning so‘zlariga ko‘ra, ShHTga a’zo davlatlar uchun “mamlakatlarning urf-odatlari va an’analarini saqlash, umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, suveren davlatlarning ichki ishlariga aralashishning oldini olish, sanksiyalarga qarshi kurashish bo‘yicha ish olib borish o‘ta muhim”.
"ShHTga a’zo davlatlar bu kabi buzg‘unchi harakatlarning o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan orqavorotdan tanish. Amerikaliklar va ularning satellitlarining dunyo gegemonligiga intilishining eng yorqin misollaridan biri bu ular Ukrainada qo‘zg‘atgan inqirozdir”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Ukraina mudofaasi bo‘yicha (“Ramshtayn” formati) aloqa guruhi tarkibiga 50 tadan ortiq a’zo – NATOning barcha davlatlari, Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlari, shuningdek, Afrika va Osiyodagi G‘arb davlatlarining ittifoqchilari kiradi. Guruhning norasmiy nomi uning a’zolari yig‘ilish joyi – Germaniyadagi AQSh harbiy havo kuchlarining “Ramshtayn” aviabazasi bilan bog‘liq.
Yangiliklar lentasi
0