Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida gaz ta’minoti o‘chiriladi — manzillar

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot, Sergeli va Yunusobod tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Bugun Toshkentning ayrim tumanlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Ta’mirlash ishlari tufayli Yangihayot, Sergeli va Yunusobod tumanlarining ayrim mahallalarida tabiiy gaz ta’minoti soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chiriladi.
Quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
Yangihayot tumani - "Ibrat", "Olchazor", "Navquron", "Al-Farg‘oniy", "Do‘stlik", "Iqbol", "Yo‘ldosh", "Toshkent", "Fayzil", "Chortoq" MFYlaridagi 3 491 ta uy xo‘jaliklari, ko‘p qavatli uylardagi jami 4 437 ta aholi xonadonlarida hamda MFYlari hududida joylashgan 234 ta ulgurji iste’molchilarida.
Sergeli tumani - "Nilufar", "Iltifot", "Sofdil" MFYlari hududidagi 288 ta uy xo‘jaliklarida, ko‘p qavatli uylardagi jami 2 718 ta aholi xonadonlarida hamda MFYlari hududida joylashgan 36 ta ulgurji iste’molchilarida.
Yunusobod tumani - "Tiklanish" MFYdagi 400 ta uy xo‘jaliklarida hamda mahalladagi 10 ta ulgurji iste’molchilarida.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0