O‘zini Rim imperiyasi deb tasavvur qilgan AQSh muqarrar ravishda qulaydi - OAV

© Sputnik / Grigoriy Duboviskiy / Mediabankka o‘tishRotonda Kapitoliya v Vashingtone,
Rotonda Kapitoliya v Vashingtone, - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Turkiyaning "Yeni Şafak" nashri shahlovchisi Abdulla Murado‘g‘li: “Amerika imperiyasi” ham Rim kabi qulab tushadi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zini "Amerika imperiyasi" deb tasavvur qiladigan Qo‘shma Shtatlar xuddi Qadimgi Rimda bo‘lgani kabi qulaydi. Bu haqda Turkiyaning "Yeni Şafak" shahlovchisi Abdulla Murado‘g‘li ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“So‘nggi paytlarda ko‘plab amerikalik mualliflar qadimgi Rim va hozirgi Amerika o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida yozishmoqda. Bu materiallarda respublikadan imperiyaga aylangan AQSh Qadimgi Rim tarixini takrorlashi qayd etilgan. “Amerika imperiyasi” ham Rim kabi qulaydi”, - deydi Murado‘g‘li.

U, shuningdek, Iroqqa bostirib kirganidan 20-yil o‘tib ham bu urushni boshlagan amerikalik siyosatchilar o‘z qilmishlaridan “afsuslanmasligini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShga bosqinchilik uchun asos kerak edi va ular Iroqni ommaviy qirg‘in quroliga egalikda ayblashgan.
Bundan tashqari, jurnalistning yozishicha, AQSh o‘z bosqinchiligi bilan Iroqqa olib kelmoqchi bo‘lgan "tinchlik" uni aslida vayron qilgan. Urushdan beri Yaqin Sharq nihoyatda beqaror mintaqaga aylandi. Xuddi shu narsa Afg‘onistonda ham bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0