https://oz.sputniknews.uz/20230329/rassomlar-rossiya-malaka-oshirish-33300367.html
Yosh rassomlarning Rossiyada malaka oshirishi qayta tiklanadi
Yosh rassomlarning Rossiyada malaka oshirishi qayta tiklanadi
Sputnik O‘zbekiston
Badiiy akademiya raisi Akmal Nur: Arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik Sankt-Peterburg davlat akademik instituti bilan hamkorlikni qayta tiklash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
2023-03-29T09:40+0500
2023-03-29T09:40+0500
2023-03-29T12:02+0500
madaniyat
o‘zbekiston
rassom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1d/33300550_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_5843a89fea1bffab6cc8785f0fd7c660.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh rassomlarning Rossiyada malaka oshirishi qayta tiklanadi. Bu haqda Badiiy akademiya tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.Shuningdek, Badiiy akademiya Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Chexiya va boshqa mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.Xalqaro ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Chingiz Farzaliyev Abdulmajid o‘g‘li O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy xorijiy a’zoligiga qabul qilindi.Badiiy akademiya bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanovaning so‘zlariga ko‘ra, Badiiy akademiya a’zolari muntazam ravishda Rossiyadagi “Zolotoy feniks”, “Severnaya Venetsiya, “Belaya vorona” kabi xalqaro tadbirlarda munosib ishtirok etib keladi. Bu yil ham o‘zaro ijodiy hamkorlikni yanada kuchaytirgan holda, ko‘plab loyihalar ishga tushiriladi.Qolaversa, Badiiy akademiya tomonidan o‘zbek milliy merosini targ‘ib qilish borasida ilk bor Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo 40 nafar rassom, xattot va naqqoshlarning 100 dan ziyod asarlaridan iborat “O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi” katalogi 1 000 nusxada chop etildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1d/33300550_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_defb28327696315a60030ade7cf1a3b1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston rossiya badiiy akademiya rassom
o‘zbekiston rossiya badiiy akademiya rassom
Yosh rassomlarning Rossiyada malaka oshirishi qayta tiklanadi
09:40 29.03.2023 (yangilandi: 12:02 29.03.2023) Badiiy akademiya raisi Akmal Nur: Arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik Sankt-Peterburg davlat akademik instituti bilan hamkorlikni qayta tiklash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh rassomlarning Rossiyada malaka oshirishi qayta tiklanadi. Bu haqda Badiiy akademiya tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Rossiyadagi I.E. Repin nomidagi arxitektura, haykaltaroshlik va rassomlik Sankt-Peterburg davlat akademik institutida bir vaqtlar bizning mutaxassislar malaka oshirishardi. Shu hamkorlikni qayta tiklash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Ayniqsa, yosh rassomlarni Rossiyaga borib malaka oshirishi, ulardan mutaxassislar jalb qilinishi kerak”, - dedi Badiiy akademiya raisi Akmal Nur.
Shuningdek, Badiiy akademiya Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Chexiya va boshqa mamlakatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Xalqaro ijodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Chingiz Farzaliyev Abdulmajid o‘g‘li O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy xorijiy a’zoligiga qabul qilindi.
“Mazkur an’ana davom etadi. Ijodi va iste’dodi bilan jahon san’ati va madaniyatiga hissa qo‘shgan atoqli rassomlar Badiiy akademiya a’zoligiga qabul qilinadi”, - dedi Akmal Nur.
Badiiy akademiya bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanovaning so‘zlariga ko‘ra, Badiiy akademiya a’zolari muntazam ravishda Rossiyadagi “Zolotoy feniks”, “Severnaya Venetsiya, “Belaya vorona” kabi xalqaro tadbirlarda munosib ishtirok etib keladi. Bu yil ham o‘zaro ijodiy hamkorlikni yanada kuchaytirgan holda, ko‘plab loyihalar ishga tushiriladi.
Qolaversa, Badiiy akademiya tomonidan o‘zbek milliy merosini targ‘ib qilish borasida ilk bor Badiiy ijodkorlar uyushmasiga a’zo 40 nafar rassom, xattot va naqqoshlarning 100 dan ziyod asarlaridan iborat “O‘zbekiston zamonaviy miniaturasi” katalogi 1 000 nusxada chop etildi.