Ikkita bank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Asakabank va O‘zsanoatqurilishbank kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Shu yilning o‘zida "O‘zsanoatqurilishbank" kapitaliga 125 million dollar, "Asakabank"ka 100 million dollar mablag‘ jalb qilinishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi taqdimotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev "Asakabank" va "O‘zsanoatqurilishbank" kapitaliga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, Asakabank va O‘zsanoatqurilishbankka xorijiy investitsiyalar jalb etish rejalashtirilgan. Shu maqsadda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda bu banklarga 30 nafar malakali xalqaro mutaxassislar olib kelindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2023
Banklarning operatsion faoliyatida zamonaviy dasturiy IT mahsulotlar va 100 dan ziyod yangi bank xizmat turlari joriy etiladi.
Amalga oshiriladigan ishlar natijasida 2027-yil natijalari bo‘yicha "O‘zsanoatqurilishbank" daromadi 1,61 baravar, kredit portfeli 1,74 baravarga oshishi ko‘zda tutiladi. "Asakabank"da depozitlar 1,71 baravar, bank aktivlarining hajmi esa 1,72 baravar oshadi.
"Eng muhimi bu va boshqa O‘zbekiston banklariga xalqaro moliya bozorlarida ishonch ortadi va ularning faoliyatida qatnashish uchun xorijiy investor va hamkorlarning qiziqishi ortadi", - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, mamlakatda oxirgi uch yilda, banklarning umumiy kreditlari xajmi 2 baravar, kapital xajmi 1,6 baravarga oshgan. Vengriya, Qozog‘iston, Gruziya, Turkiyaning nufuzli banklari O‘zbekistonga kirib keldi.
Yangiliklar lentasi
0