https://oz.sputniknews.uz/20230329/aqsh-33330733.html
MRB sobiq maslahatchisi: AQSh “poker”da Putinga yutqazmoqda
MRB sobiq maslahatchisi: AQSh “poker”da Putinga yutqazmoqda
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq maslahatchisining fikricha, Moskva va Pekin Vashtingtonni tor-mor etish uchun birgalikda ishlamoqda. 29.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-29T17:09+0500
2023-03-29T17:09+0500
2023-03-29T17:09+0500
dunyoda
aqsh
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22047658_0:179:3007:1870_1920x0_80_0_0_05ab29bef4a092af0c5e2ba010fdaba0.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Vashington geosiyosiy pokerda Moskva va Pekinga yutqazmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB – CIA) sobiq maslahatchisi Jeyms Rikards “Daily Reckoning” nashri uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.Muallifning ta’kidlashicha, bo‘lib o‘tayotgan voqealar mazmunini anglashning eng oddiy usuli – pokerdan metafora sifatida foydalanish.“Uch ishtirokchi (AQSh, Rossiya va Xitoy) o‘ynayotgan poker o‘yinini tasavvur qiling. O‘yinchilarning eski naqli bor: agar siz stol atrofida o‘tirib, omadsiz kim ekanini bilmasangiz... demak u siz”, - deya yozadi MRB sobiq maslahatchisi.Rikardsning fikricha, har qanday uch tomonlama musobaqada ikkita tomonning uchinchi tomonni tor-mor etish uchun birgalikda ishlashi ahamiyatli. Moskva va Pekin esa aynan shu bilan shug‘ullanmoqda.Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, bu uning uchinchi muddatga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng xorijga ilk safari bo‘ldi. 20-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, 21-mart kuni esa delegatsiyalar ishtirokida Rossiya-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tdi.Tashrif doirasida 2030-yilgacha Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasi bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/01/22047658_137:0:2868:2048_1920x0_80_0_0_31a753da72fc67fc13bab163a809151c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, vladimir putin
dunyoda, aqsh, vladimir putin
MRB sobiq maslahatchisi: AQSh “poker”da Putinga yutqazmoqda
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq maslahatchisining fikricha, Moskva va Pekin Vashtingtonni tor-mor etish uchun birgalikda ishlamoqda.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Vashington geosiyosiy pokerda Moskva va Pekinga yutqazmoqda. Bu haqda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB – CIA) sobiq maslahatchisi Jeyms Rikards “
Daily Reckoning” nashri uchun yozgan maqolasida ma’lum qildi.
“Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR yetakchisi Si Szinpinning uchrashuvi oliy darajadagi shunchaki navbatdagi muzokaralardan ko‘ra ahamiyatliroq bo‘lgan. Bu AQShni ikkinchi o‘ringa surib qo‘yayotgan yangi dunyo tartibi sharafiga uyushtirilgan o‘ziga xos bazm bo‘ldi”, - deyiladi maqolada. Undan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Muallifning ta’kidlashicha, bo‘lib o‘tayotgan voqealar mazmunini anglashning eng oddiy usuli – pokerdan metafora sifatida foydalanish.
“Uch ishtirokchi (AQSh, Rossiya va Xitoy) o‘ynayotgan poker o‘yinini tasavvur qiling. O‘yinchilarning eski naqli bor: agar siz stol atrofida o‘tirib, omadsiz kim ekanini bilmasangiz... demak u siz”, - deya yozadi MRB sobiq maslahatchisi.
Rikardsning fikricha, har qanday uch tomonlama musobaqada ikkita tomonning uchinchi tomonni tor-mor etish uchun birgalikda ishlashi ahamiyatli. Moskva va Pekin esa aynan shu bilan shug‘ullanmoqda.
Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, bu uning uchinchi muddatga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng xorijga ilk safari bo‘ldi. 20-mart kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, 21-mart kuni esa delegatsiyalar ishtirokida Rossiya-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida 2030-yilgacha Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirish rejasi bo‘yicha qo‘shma bayonot imzolandi.