https://oz.sputniknews.uz/20230328/xitoy-ozbekiston-elektromobil-33279589.html
Xitoy O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlovchi qurilmalar ishlab chiqarishi kutilmoqda
Xitoy O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlovchi qurilmalar ishlab chiqarishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“Huawei Digital Power” kompaniyasi bilan uchrashuvda mamlakatdagi energetika sohasi muhokama qilindi.
2023-03-28T12:28+0500
2023-03-28T12:28+0500
2023-03-28T12:28+0500
jamiyat
xitoy
o‘zbekiston
hamkorlik
energetika vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1c/33279420_0:139:1200:815_1920x0_80_0_0_67b8e198c50697c3f88ea8b213a1d450.png
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda “Huawei Digital Power” kompaniyasi quyosh qurilmalari uchun invertor va elektromobillar uchun quvvatlovchi qurilmalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Energetika vazirligida vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoydagi “Huawei Digital Power” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Yao Szin bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda e’tibor qaratilgan masalalar:Ma’lumot uchun, 2022-yilda Energetika vazirligi bilan “Huawei” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yuzasidan Anglashuv memorandumi imzolangan.“Huawei Digital Power” kompaniyasi toza energiya ishlab chiqarish, transportni elektrlashtirish va yashil AKT infratuzilmasi kabi sohalarga e’tibor qaratadi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/1c/33279420_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_bed0f7d53caf110faf682c80f736683b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy o‘zbekiston hamkorlik
xitoy o‘zbekiston hamkorlik
Xitoy O‘zbekistonda elektromobillar uchun quvvatlovchi qurilmalar ishlab chiqarishi kutilmoqda
“Huawei Digital Power” kompaniyasi bilan uchrashuvda mamlakatdagi energetika sohasi muhokama qilindi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda “Huawei Digital Power” kompaniyasi quyosh qurilmalari uchun invertor va elektromobillar uchun quvvatlovchi qurilmalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishi kutilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Energetika vazirligida vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoydagi “Huawei Digital Power” kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Yao Szin bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda uy xo‘jaliklari, davlat idoralari va ijtimoiy soha obyektlaridan tortib yirik quyosh fotoelektr stansiyalarigacha bo‘lgan hajmlardagi quyosh tizimlari uchun raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda e’tibor qaratilgan masalalar:
O‘zbekistonda quyosh qurilmalari uchun invertorlar va elektromobillar uchun zaradlovchi qurilmalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish;
quyosh energiyasi bo‘yicha yechimlarni amaliyotga tatbiq etishda muvaffaqiyat qozongan boshqa mamlakatlarning qayta tiklanuvchi energiya masalalari bo‘yicha vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va bu borada kadrlar tayyorlash.
Ma’lumot uchun, 2022-yilda Energetika vazirligi bilan “Huawei” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yuzasidan Anglashuv memorandumi imzolangan.
“Huawei Digital Power” kompaniyasi toza energiya ishlab chiqarish, transportni elektrlashtirish va yashil AKT infratuzilmasi kabi sohalarga e’tibor qaratadi.