Xitoy AQShni demokratiya bahonasida boshqa mamlakatlar ishiga aralashmaslikka chaqirdi

© AFP 2023 / JEWEL SAMADJenshina proxodit mimo flaga SShA na Tayms-skver v Nyu-Yorke
Jenshina proxodit mimo flaga SShA na Tayms-skver v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, “bugungi dunyoga qarama-qarshilikni keltirib chiqaradigan “demokratiya uchun sammit” emas, balki xalqaro hamjamiyat oldida turgan muammolarni hal qila oladigan birdamlik va hamkorlik kerak”.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Xitoy AQShni demokratiya degan bahona bilan boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishga chaqiradi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin ta’kidladi.
“Xitoy “demokratiya uchun sammit” deb atalmish masala bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bir necha bor bildirgan. AQSh o‘zining ko‘plab kamchiliklariga e’tibor bermay, yana “demokratiya uchun sammit”ni go‘yoki demokratiya shiori ostida o‘tkazmoqda”, - dedi Mao Nin.
Uning ta’kidlashicha, “bugungi dunyoga demokratiya nomidan bo‘linishlar yaratib, bir tomonlama harakatlar siyosatini ilgari surish emas, balki haqiqiy ko‘p tomonlamalikni qo‘llab-quvvatlagan holda, BMT Nizomining maqsad va tamoyillari asosida birdamlik va hamkorlikni kuchaytirish kerak”.

“Bugungi dunyoga demokratiya bahonasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish emas, balki hayotga haqiqiy demokratiyani tatbiq qilish, soxta demokratiyadan voz kechish va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga ko‘maklashish kerak”, - dedi diplomat.

Uning ta’kidlashicha, “bugungi dunyoga qarama-qarshilikni keltirib chiqaradigan “demokratiya uchun sammit” emas, balki xalqaro hamjamiyat oldida turgan muammolarni hal qila oladigan birdamlik va hamkorlik kerak”.
“Biz AQShni boshqa davlatlarga ishora qilishni to‘xtatishga va demokratiya deb atalmish bahona ostida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatishga chaqiramiz”, - deya qo‘shimcha qildi Mao Nin.
Tashabbuschilari qatorida AQSh ham bo‘lgan birinchi demokratiya sammiti 2021-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan. Ikkinchi sammit 28-30 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0