Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Ukrainaning uzoq masofaga zarba beruvchi “aqlli bomba”sini tutib oldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishZenitniy raketno-pushechniy kompleks "Pansir-S" na vistavke aviatsionnoy texniki VKS Rossii, morskoy aviatsii Tixookeanskogo flota i letatelnix apparatov DOSAAF v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma (MVTF) "Armiya-2020" na aerodrome Sentralnaya Uglovaya pod Vladivostokom v Primorskom krae.
Zenitniy raketno-pushechniy kompleks Pansir-S na vistavke aviatsionnoy texniki VKS Rossii, morskoy aviatsii Tixookeanskogo flota i letatelnix apparatov DOSAAF v ramkax Mejdunarodnogo voyenno-texnicheskogo foruma (MVTF) Armiya-2020 na aerodrome Sentralnaya Uglovaya pod Vladivostokom v Primorskom krae. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2023
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi birinchi marta maxsus operatsiya zonasida urib tushirilgan GLSDB boshqariladigan raketa haqida xabar berdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi maxsus operatsiya jarayonida birinchi marta Amerikaning GLSDB - uzoq masofali boshqariladigan raketasi urib tushirilgani haqida xabar berdi.

“Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 18 ta HIMARS (AQSh) raketalari va bitta GLSDB boshqariladigan bombani tutib oldi”, — deyiladi xabarda.

Ushbu "aqlli bomba" Boeing va Shvetsiyaning Saab kompaniyasining birgalikdagi ishlanmasi bo‘lib, u bombaga raketa dvigateli ulangan va AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketa tizimi orqali uchiriladi. Ma’lum balandlikka yetganidan so‘ng, u ishlatib bo‘lingan raketa qismidan ajraladi va qanotlari yordamida uzoq masofalarga yetib boradi. Ushbu jarayonda u boshqarilishi ham mumkin.
HIMARS qurolining oddiy raketalari 80 kmga zarba bersa bu "aqlli bomba" 150 kilometr masofagacha yetib borishi mumkin. Lekin uning o‘ziga xos kamchiliklari ham bor. Raketa dvigatelidan ajralganidan so‘ng uning tezligi pasayib qoladi. Ikkinchidan bombaning manzilga yetkaza olishi mumkin bo‘lgan portlovchi modda miqdori ham oddiy snaradga nisbatan bir necha barobar kam.
Xo‘sh Kiyevga bunday bomba nima uchun kerak? Harbiy ekspert Aleksey Leonkovning RIA Novosti muxbiriga tushuntirishiga ko‘ra, bu ularga HIMARSlarni front chizig‘idan uzoqroqqa ko‘chirish uchun kerak.
Rossiya Qurolli Kuchlari hali jang maydonida bunday o‘q-dorilarga duch kelmagan, ammo bunday obyektlar bilan kurashish qobiliyati "Tor-M2" va "Pansir-S1" havo mudofaa tizimlarida bor, dedi Leonkov.
Ma’lumot uchun, Rossiya hukumati Ukrainaga chet el qurollarining yetkazib berilishi mojaroni uzaytirishi, Ukrainada qurbonlar va vayronalar sonini oshirishi haqida bir necha bor ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0