“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari qo‘yildi

© O‘zbekiston temir yo‘llariPoyezd. Illyustrativnoe foto
Poyezd. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Obuna bo‘lish
6, 13, 20, 27-aprel kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha reyslar harakati yo‘lga qo‘yildi/
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Joriy yilning 6, 13, 20, 27-aprel kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha 4 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi, Toshkent 07:55 — Andijon 13:56;
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi, Andijon 15:55 — Toshkent 21:45.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0