Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalari a’zolari uchun seminar tashkil etildi

© Markaziy saylov komissiyasiReferendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalari a’zolari uchun seminar tashkil etildi
Referendumni o‘tkazuvchi okrug komissiyalari a’zolari uchun seminar tashkil etildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2023
Obuna bo‘lish
Seminar-trening so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar hamda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalariga guvohnoma va muhrlar topshirildi.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining a’zolari uchun o‘quv seminar tashkil etildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Joriy yilning 24-25 mart kunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Referendum o‘tkazuvchi komissiya a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi okrug komissiyalarining a’zolari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etildi”, - deyiladi xabarda.
Mashg‘ulotlarda referendumni tashkil etish va o‘tkazishda okrug va uchastka komissiyalarining o‘rni, konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati, xorijiy kuzatuvchilar bilan muloqotning e’tiborli jihatlari, ovoz beruvchi fuqarolarning ro‘yxatini shakllantirish va ushbu ro‘yxatlar bilan ishlashda okrug komissiyalari oldida turgan vazifalar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, referendum kuniga tayyorgarlik, ovoz berish yakunlarini aniqlash kabi mavzular muhokama etildi.
Ta’kidlanishicha, seminar-trening so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar hamda referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalariga guvohnoma va muhrlar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0