O‘zbekiston va Qozog‘iston san’at oliygohlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

© O‘zAO‘zbekiston va Qozog‘iston oliygohlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
O‘zbekiston va Qozog‘iston oliygohlari o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat asosida Markaziy Osiyodagi ijodiy oliy ta’lim muassasalari alyansini tuzish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent shahridagi filiali va Qozog‘istonning Temirbek Jurgenov nomidagi Qozog‘iston milliy san’at akademiyasi o‘rtasida strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Filial direktori Eldor Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovning Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan XVI “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivaliga tashrifi doirasida erishilgan ushbu kelishuv har ikki tomon uchun manfaatlidir.
“Mazkur hujjat asosida Markaziy Osiyodagi ijodiy oliy ta’lim muassasalari alyansini tuzish rejalashtirilmoqda. Shu orqali mintaqaviy hamkorlik va badiiy ta’lim tarmog‘ini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash kerakki, Temirbek Jurgenov nomidagi mazkur akademiya eng yaxshi ta’lim muassasasi sifatida Qozog‘iston Respublikasi prezidentining 2001-yil 5-iyuldagi farmoniga asosan “milliy oliygoh” statusiga ega”, – dedi Yo‘ldoshev.
Avvalroq O‘zbekiston Qozog‘iston bilan oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida hamkorlik qilishi haqida xabar berilgandi. Bu bo‘yicha “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0