https://oz.sputniknews.uz/20230325/onkologik-kasalliklarni-99-foizgacha-davolaydigan-yangi-dori-33210260.html
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ushbu dorini respublikaning 3 ta onkologiya klinikasiga 1,5 ming dollardan yetkazib berishni boshlashdi.
2023-03-25T08:16+0500
2023-03-25T08:16+0500
2023-03-25T08:16+0500
jamiyat
o‘zbekiston
olimlar
dori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/10/21813592_0:99:1880:1157_1920x0_80_0_0_c597b09377e2920a98e107779f1e878b.jpg
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi, deya xabar berdi O‘zA.Ushbu dorining bir dozasi hozirda AQShda 70 000 dollarga, Yevropada esa taxminan 25 000 dollarga sotilmoqda. O‘zbekistonda ushbu dorini respublikaning 3 ta onkologiya klinikasiga 1,5 ming dollardan yetkazib berishni boshlashdi.Tarkibi “lyutetsiy-177” radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali “antigen-617” degan oqsil moddasidan iborat.Ushbu oqsil moddasi “lyutetsiy-177” radioizotopini organizmning saraton metastazalari bo‘lgan joylariga yetkazib beruvchi transport vositasi vazifasini bajaradi. “Lyutetsiy-177” radioaktiv izotopi saraton o‘smalari ichiga kirib, o‘zining radioaktiv nurlari bilan o‘smalarni kuydiradi.Bu nurlarning o‘tish masofasi 1-2 millimetrni tashkil qilgani sababli ular o‘smani ichidan yemirib, atrofidagi sog‘lom to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu bilan o‘smalarni operatsiyasiz davolash imkoni tug‘iladi.Bu dori vositasi “Radiopreparat” davlat korxonasi va Radiokimyo ilmiy laboratoriyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi.Fotosuratda tanasi saraton metastazlari bilan qoplangan (chapda) va 2-3 oy davomida lutetium-177 PSMA-617 bilan davolashdan so‘ng (o‘ngda) 4 bemorning rasmlari ko‘rsatilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/10/21813592_104:0:1777:1255_1920x0_80_0_0_c74bed03b78405112012a85fb56c1d20.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston olimlar dori
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi
O‘zbekistonda ushbu dorini respublikaning 3 ta onkologiya klinikasiga 1,5 ming dollardan yetkazib berishni boshlashdi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan yangi dori yaratdi, deya xabar
berdi O‘zA. Ushbu dorining bir dozasi hozirda AQShda 70 000 dollarga, Yevropada esa taxminan 25 000 dollarga sotilmoqda. O‘zbekistonda ushbu dorini respublikaning 3 ta onkologiya klinikasiga 1,5 ming dollardan yetkazib berishni boshlashdi.
Tarkibi “lyutetsiy-177” radioizotopi va unga biriktirilgan prostata spetsifik membranali “antigen-617” degan oqsil moddasidan iborat.
Ushbu oqsil moddasi “lyutetsiy-177” radioizotopini organizmning saraton metastazalari bo‘lgan joylariga yetkazib beruvchi transport vositasi vazifasini bajaradi. “Lyutetsiy-177” radioaktiv izotopi saraton o‘smalari ichiga kirib, o‘zining radioaktiv nurlari bilan o‘smalarni kuydiradi.
Bu nurlarning o‘tish masofasi 1-2 millimetrni tashkil qilgani sababli ular o‘smani ichidan yemirib, atrofidagi sog‘lom to‘qimalarga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu bilan o‘smalarni operatsiyasiz davolash imkoni tug‘iladi.
“Hozirgi kunda bu dori 4-bosqichdagi rak kasalligining 97-99 foizgacha tuzalishini ta’minlayapti. Jahondagi tibbiyotchilar revolyutsion dorilar qatoriga kiruvchi bu preparatga “fantastik natija”, deb baho berishapti”, deyiladi xabarda.
Bu dori vositasi “Radiopreparat” davlat korxonasi va Radiokimyo ilmiy laboratoriyasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi.
Fotosuratda tanasi saraton metastazlari bilan qoplangan (chapda) va 2-3 oy davomida lutetium-177 PSMA-617 bilan davolashdan so‘ng (o‘ngda) 4 bemorning rasmlari ko‘rsatilgan.