Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 24-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mixail Andronik / Mediabankka o‘tishUnichtojennaya ukrainskaya bronetexnika na linii soprikosnoveniya v poselke Stepnoe Doneskoy oblasti.
Unichtojennaya ukrainskaya bronetexnika na linii soprikosnoveniya v poselke Stepnoe Doneskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiyo operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Sinkovka, Kislovka, Novoselovskoe, LXRning Stelmaxovka aholi punktlari hududlarda UQKning 60 tagacha harbiy xizmatchilari, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi, D-20 gaubitsasi va Polshada ishlab chiqarilgan ikkita "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Nevskoe, DXRning Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida 125 nafargacha harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, shuningdek, bitta "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasini yo‘q qildi.
Donetsk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi faol harakatlari natijasida 380 dan ortiq harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita BMP, o‘nta mashina, pikap, yuk mashinasi, ikkita o‘ziyurar "Gvozdika" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporoje yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Novomixaylovka aholi punktlari Zaporoje viloyatining Lugovskoe va Sherbaki UQKning 40 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita pikapi, D-30 gaubitsasi va Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida UQK bir sutkada 40 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 109 ta huddua joylashgan 87 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Odessa viloyati, Suxoy Liman qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchish apparatlari joylashgan omborxona yo‘q qilindi.
DXRning Konstantinovka aholi punkti hududida Xorijiy yollanma qo‘shinlarining o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Zaporoje viloyatining Stepne aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi batareyali radari yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kuniga HIMARS (AQSh) raketa tizimining uchta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Dvurechnoe, LXRning Golikovo, Chervonopopovka, DXRning Slavnoe, Novoandreyevka, Volnovaxa, Nikolskoe va Aleksandrovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 18 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 404 ta samolyot, 224 ta vertolot, 3 562 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8 392 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 072 ta raketa tizimlari jangovar texnikasi, 4424 ta dala artilleniya qurollari va minomotlari, 9091 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0