G‘arb Rossiya ishonchini qozonish uchun harakat qilishi kerak — Lavrov

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov, arxivnoe foto
Sergey Lavrov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vaziri Vashington va Brussel Rossiya ishonchini qozonish uchun qattiq harakat qilishi kerakligini aytdi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiyaning ishonchi "qimmat turadi", shuning uchun Vashington va Brussel buni qozonish uchun ko‘p harakat qilishlari kerak, agar G‘arb davlatlari rusofobiya kursdan voz kechishga qaror qilsalar, bu o‘zlariga foyda keltiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Sergey Lavrovning "Razvedchik" jurnalida chop etilgan maqolasida qayd etilishicha, g‘arbliklar hozirgi rusofobiya yo‘ldan voz kechib, Rossiya bilan teng huquqli hamkorlikni tanlashga qaror qilsalar, bu, birinchi navbatda, o‘zlariga foyda keltiradi.

“Shu bilan birga, biz realistmiz va qisqa muddatda bunday ssenariy yuzaga kelishi ehtimoldan yiroq emasligini bilamiz. Qolaversa, bizning ishonchimiz "qimmat turadi". Vashington va Brussel bunga sazovor bo‘lish uchun qattiq harakat qilishlari kerak”, - deyiladi maqolada.

Yangiliklar lentasi
0