Toshkentning ayrim hududlarida gaz vaqtincha o‘chiriladi — manzillar

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Bugun soat 11:00 dan 17:30 ga ikki tumandagi qadar qator xonadonlar va ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz bo‘lmaydi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Ta’mirlash ishlari sababli poytaxtning Yunusobod va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Yunusobod tumani Hamkorobod ko‘chasi hududidagi yer usti o‘rta bosimli gaz quvuriga gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.
Shu sababli bugun soat 11:00 dan 17:30 ga qadar "Tiklanish" MFY, Hamkorobod ko‘chasidagi 400 ta yerli xonadon va 34 ta ulgurji iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, Olmazor tumani "Qizg‘aldoq" va "Bunyodkor" MFY hududidagi gaz quvuriga hisoblagich o‘rnatilishi sababli soat 11:00 dan 17:30 ga qadar quyidagi iste’molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Aholi iste’molchilar:
Qizg‘aldoq - 165 ta xonadon,
Bunyodkor - 135 ta xonadon.
Ulgurji iste’molchilar:
Market 3 ta.
Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Yangiliklar lentasi
0