Rossiya fuqarolik va yashash guvohnomasini olishni elektron shaklga o‘tkazishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRossiyskiy pasport. Illyustrativnoe foto
Rossiyskiy pasport. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Mishustin fuqarolik, yashash guvohnomasi, mehnat faoliyati uchun hujjatlarni olish tartiblarini maksimal elektron shaklga o‘tkazish uchun zudlik bilan choralar ko‘rilishini aytdi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin fuqarolik va yashash guvohnomasi (VNJ), mehnat faoliyati uchun hujjatlarni olishni maksimal tarzda elektron shaklga o‘tkazishga va’da berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bu haqda u Davlat dumasida Rossiya hukumatining 2022-yilgi ishi hisoboti bilan chiqishi davomida ma’lum qilgan.
“Odamlar qulayligi uchun barcha jarayonlarni tuzatish maqsadida fuqarolik, yashash guvohnomasi, mehnat faoliyati uchun hujjatlarni olish tartiblarini maksimal elektron shaklga o‘tkazish uchun zudlik bilan choralar ko‘ramiz”, - dedi Mishustin.
Shuningdek, Rossiya bosh vaziri mamlakat rahbari uchun migratsiya siyosati yuzasidan takliflar tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Rossiyada ayrim migrantlarga daromad solig‘iga 50 % gacha chegirma berilishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0