O‘zbekistonda yana kuchli zilzila sodir bo‘ldi — foto, video
01:38 23.03.2023 (yangilandi: 01:47 23.03.2023)
© Getty ImagesSeysmograf. Zemletrasenie
© Getty Images
Obuna bo‘lish
Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun, 23-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:07 da (Grinvich bo‘yicha 22-mart 20:07 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Zemletrasenie v Tashkente
Zemletrasenie v Tashkente
Zemletrasenie v Tashkente
Zemletrasenie v Tashkente
Zilzila koordinatalari: 39,39 gradus shimoliy kenglik; 69,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 217 kilometr janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Sirdaryo viloyatida 5 ball, 157 km;
Farg‘ona viloyatida 5 ball, 192 km;
Jizzax viloyatida 5 ball, 198 km;
Toshkent shahrida 5 ball, 217 km;
Namangan viloyatida 4-5 ball, 232 km;
Samarqand viloyatida 4-5 ball, 256 km;
Andijon viloyatida 4-5 ball, 257 km;
Surxondaryo viloyatida 4 ball, 335 km;
Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 363 km;
Navoiy viloyatida 4 ball, 398 km;
Buxoro viloyatida 4 ball, 474 km.
Eslatib o‘tamiz, kecha Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi va bu zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgandi. O‘zbekistonning ayrim joylarida uning kuchi 5-6 ballni tashkil etgan.