Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ittifoqchilik G‘arb uchun haqiqiy muammodir — AQSh maslahatchisi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPodpisanie rossiysko-kitayskix dokumentov v Kremle
Podpisanie rossiysko-kitayskix dokumentov v Kremle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Bolton: Si Szinpinning Moskvaga tashrifi “G‘arb davlatlarini global miqyosda o‘z xavfsizligi haqida o‘ylashga majbur qiladi”.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari Ukraina mojarosidan qat’i nazar, G‘arb uchun haqiqiy muammodir. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Rossiya va Xitoy buni chegarasiz ittifoq deyishmoqda, menimcha, bu jiddiy. Ukrainada nima bo‘lishidan qat’i nazar, haqiqiy muammo shu...Menimcha, Rossiya-Xitoy o‘qi shakllanadi, unga Eron va Shimoliy Koreya qo‘shiladi. Xaritaga qarang, geografiyaga qarang. Biz buni jiddiy qabul qilishimiz kerak”, - dedi Bolton Britaniyaning "Telegraph" gazetasiga bergan intervusida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy rahbari Si Szinpinning Moskvaga tashrifi “G‘arb davlatlarini global miqyosda o‘z xavfsizligi haqida o‘ylashga majbur qiladi”.
Prezidentning sobiq maslahatchisi fikricha, Ukraina AQShning hayotiy manfaati hisoblanadi. Shuningdek, Xitoy Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning boshidanoq Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Yangiliklar lentasi
0