Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlash Pekinning strategik tanlovi – Si Szinpin

© POOL / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidenta RF V. Putina s predsedatelem KNR Si Szinpinom
Vstrecha prezidenta RF V. Putina s predsedatelem KNR Si Szinpinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Si Szinpin ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy yo‘nalish o‘zgarishsiz qolayotganini ta’kidladi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Moskva bilan munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishni Pekinning strategik tanlovi deb atadi. Bu haqda Xitoy TIV saytiga tayanib, RIA Novosti yozmoqda.
“Ikki davlat keng qamrovli strategik hamkorlik bo‘yicha eng yirik qo‘shni va hamkor bo‘lib, bir-birini diplomatiya va tashqi siyosatda ustuvor deb biladi. Xitoy doimo mustaqil tashqi siyosat olib borgan. Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish Xitoyning o‘zining asosiy manfaatlari va jahon taraqqiyotining umumiy tendensiyasiga asoslangan strategik tanlovidir”, - degan Si Szinpin.
Shu bilan birga, u ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan umumiy yo‘nalish o‘zgarishsiz qolayotganini ta’kidladi.
“Xitoy ham, Rossiya ham milliy taraqqiyot va tiklanishni amalga oshirish uchun harakat qilmoqda, har ikki davlat dunyoning ko‘p qutbliligini qo‘llab-quvvatlaydi va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirishga yordam beradi”, - deya qo‘shimcha qilgan Si Szinpin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Pekin turli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishi, BMT va boshqa ko‘p tomonlama maydonlar doirasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishi, shuningdek, butun dunyoda tinchlik va barqarorlik tayanchi bo‘lishi kerak.
Kecha Si Szinpin davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi. Kremldagi muzokaralar to‘rt yarim soatdan ortiq davom etdi. Davlat rahbarlari nafaqat ikki tomonlama hamkorlik, balki Ukrainadagi vaziyat va mojaroni hal qilish bo‘yicha Pekin taklif qilgan rejani ham muhokama qildi.
Bu Xitoy Xalq Respublikasi raisining Rossiyaga to‘qqizinchi tashrifidir – u boshqa mamlakatlarga qaraganda bu yerda tez-tez bo‘lgan. Umuman olganda, Vladimir Putin va Si Szinpin so‘nggi o‘n yil ichida 40-martadan ortiq uchrashgan.
Yangiliklar lentasi
0