O‘zbekistonda nechta dorixona faoliyat yuritmoqda?

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishProdaja lekarstv v apteke
Prodaja lekarstv v apteke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘rtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 21 mar - Sputnik. O‘zbekistonda o‘rtacha 2400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bo‘yicha 15 ming 799 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘rtacha 2 ming 400 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi.
Toshkent shahrida 2 ming 338 ta;
Toshkent viloyatida 1 ming 415 ta;
Samarqand viloyatida 1 ming 690 ta;
Farg‘ona viloyatida 1 ming 690 ta;
Qashqadaryo viloyatida 1 ming 78 ta;
Jizzax viloyatida 532 ta;
Navoiy viloyatida 622 ta;
Xorazm viloyatida 933 ta;
Namangan viloyatida 1 ming 137 ta;
Surxondaryo viloyatida 794 ta;
Andijon viloyatida 1 ming 457 ta;
Buxoro viloyatida 1 ming 7 ta;
Sirdaryo viloyatida 446 ta dorixona mavjud.
Respublikada 2018-yilda 10 ming 764 ta dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, ularning soni 2019-yilda 11 ming 858 ta, 2020-yilda 13 ming 57 ta, 2021-yilda 14 ming 287 ta, 2022-yilda esa 15 ming 799 taga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0