Putin Rostovdagi maxsus harbiy operatsiya qo‘mondonlik punktida yig‘ilish o‘tkazdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2023
Obuna bo‘lish
Putin RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va bir qator harbiy rahbarlarning hisobotlarini tingladi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rostov-Dondagi maxsus harbiy operatsiya qo‘mondonlik punktida yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbari RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov va bir qator harbiy rahbarlarning hisobotlarini tingladi”, — deyiladi Kreml xabarida.
Avvalroq, Putin ish safari bilan Mariupolga borgani haqida xabar berilgandi. Putin u yerda bir qancha obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin Putinga Mariupolda olib borilayotgan qurilish ishlari, shahar va uning atrofidagi hududlarni qayta tiklash haqida so‘zlab berdi.
Yangiliklar lentasi
0