Yomg‘ir, momaqaldiroq va sel: bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li joylarda esa sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +21-23 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0