“Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi Yangi Toshkent hududidan boshlanadi — Shavkat Mirziyoyev

© Depositphotos / weissdergeierTashkentskaya telebashnya
Tashkentskaya telebashnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2023
Obuna bo‘lish
Prezident “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida har bir mahalla hududida 1 mingtadan daraxt ekishni taklif etdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi Yangi Toshkent hududidan boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, “Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi aynan Yangi Toshkent hududidan boshlanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev rasskazal o planax po razvitiyu Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev rasskazal o planax po razvitiyu Tashkenta  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2023
Shavkat Mirziyoyev rasskazal o planax po razvitiyu Tashkenta
"Bunda 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi. Bugun ushbu bog‘da yaxshi niyatlar bilan 1 ming tup daraxt ekiladi", deyiladi xabarda.
Prezident bu ishlarning davomi sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida har bir mahalla hududida 1 mingtadan daraxt ekishni taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0