"Tashabbusli budjet" loyihasida ovoz berish jarayoni boshlandi — ishtirok etish tartibi

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2023
Obuna bo‘lish
Fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 1,7 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugundan “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsum doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ushbu mavsum doirasida aynan fuqarolar tomonidan ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 1,7 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
“Hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihani ilgari suring, ovoz to‘plang va g‘olib bo‘ling!”, deyiladi xabarda.
“Ochiq budjet” axborot partali orqali ovoz berish tartibi:
1.
“Ochiq budjet” saytiga kiring;
2.
O‘ng tomondagi uchta chiziqdan iborat tugmani bosing va Tashabbuslar bo‘limiga kiring;
3.
“Tashabbusli budjet” loyihasi asosida kiritilgan takliflar bo‘limini tanlang;
4.
Viloyat, tuman yoki shaharingizni tanlang;
5.
Mavjud takliflar orasidan o‘zingiz uchun maqulini tanlang va taklif ustiga bosing;
6.
Ovoz berish tugmasini bosing;
7.
Taklif etilgan usullar orasida “sms kod orqali ovoz berish”ni tanlang;
8.
Telefon raqamingizni kiriting;
9.
Telefoningizga kelgan sms kodni kiriting.
Yangiliklar lentasi
0