Pasport olish vaqti keldi: maktab bitiruvchilaridan ID pasport olishlari so‘ralmoqda

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2023
Obuna bo‘lish
Maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming nafari pasport olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga kiritilmagan.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida ID pasport olishlarini so‘ramoqda, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirishida tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini abitur elektron dasturiga kiritish talab etiladi.
Bugungi kunga qadar maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming nafari (6%) pasport olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
Shundan kelib chiqqan holda, vazirlik ota-onalar va bitiruvchilardan o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishni so‘ramoqda.
Maktab ma’muriyati esa bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini bazaga kiritib, ularni kelgusida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishida zarur ko‘mak berishi kerak.
Ma’lumot uchun, pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0